2023- yilning 1-yanvar holatiga dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jami mobil aloqa abonentlar soni 31 981,9 ming birlikni, shu jumladan, aholida 26 960,7 ming birlikni tashkil etmoqda. Aholining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi darajasi har 100 kishi hisobiga 75 birlikni tashkil etdi.
Maʼlumotlar 1-yanvar holatiga har 100 kishiga nisbatan, birlikda:
2019-yilda - 65 birlik
2020-yilda - 69 birlik
2021-yilda - 71 birlik
2022-yilda - 73 birlik
2023-yilda - 75 birlik