2023-yilning 1-yanvar holatiga eng koʻp faoliyat koʻrsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) Respublikamizning quyidagi tuman va shaharlarida kuzatildi:
- Samarqand viloyatining Samarqand shahrida – 13 775 ta;
- Toshkent shahrining Chilonzor tumanida – 13 458 ta;
- Toshkent shahrining Yunusobod tumanida – 12 943 ta;
- Toshkent shahrining Mirzo-Ulugʻbek tumanida – 12 083 ta;
- Andijon viloyatida Andijon shahrida – 11 865 ta;
- Toshkent shahrining Olmazor tumanida –10 831 ta;
- Namangan viloyatining Namangan shahrida –10 657 ta.