2022- yil yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 16,6 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Navoiy viloyatlari 10,5 % va 7,5 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YAIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2,0 %) va Jizzax (3,1 %) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.