01/02/2023

Joriy yilning 27–29-yanvar kunlari poytaxda IT Park, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT kompaniyasi tomonidan “Open Data Challenge 2022” keng ko‘lamli xakatoni tashkil etildi.

1-keorpaike

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va Akfa xalqaro universiteti ko‘magida o‘tkazildi.

2-gnaim

Tanlovda 265 nafar (17 nafar qiz va 248 nafar yigit) kishi ishtirok etib, ular 97 ta jamoaga bo‘lingan. Jamoalarning har biri quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z loyihasi ustida ishlagan: davlat sektori – 16 ta, ijtimoiy sektor – 40 ta, biznes sektori – 31 ta, korrupsiyaga qarshi kurash – 10 ta.

3-ooshoshoilil

“Demo Day” – final taqdimotga 97 ta jamoadan 68 tasi oʻtdi, bu esa tanlov ishtirokchilarining yuqori tayyorgarligi va professionalligini koʻrsatadi.

5-gnpsho

Demo Day ikki bosqichda o‘tkazildi, shundan so‘ng har bir yo‘nalishdagi eng yaxshi loyihalar tanlab olindi. Hakamlar hay’atining baholash natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar xakaton g‘olibi bo‘ldi:

6-kvsgshzo

1-oʻrin (korrupsiyaga qarshi kurash): Tzeentch jamoasi (Boris Soyfer, Aleksandr Shabanov, Igor Dostavalov) – noqonuniy binolarni aniqlash maqsadida kadastr reyestriga kiritilmagan binolarni aniqlash loyihasi;

2-o‘rin (ijtimoiy sector) Cookies (Maftuna Ziyamova, Malika Rahimova, David Alkamyan) – oiladagi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatish uchun mobil ilova;

3-oʻrin (davlat sektori): Realcto (Aleksey Mordvinov) – malakalangan ma’lumotlarni, shuningdek grantlarni taqsimlashni shaffof tarzda takomillashtirish maqsadida davlat va universitetlarni bogʻlab turuvchi platforma.

7-enoldzh

G‘oliblarga “HP Victus” noutbuklari, “Samsung Tab” planshetlari, “Xiaomi” smartfonlari topshirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech