Joriy yilning 27- yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida 2022- yil yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Hay’at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi raisning iqtisodiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich, Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rayev Sardor Botirovich hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq va tuman shahar statistika bo‘lim boshliqlari qatnashdi.
Kun tartibiga binoan, Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Maxmadaliyev Baxrom Samadovich Hay’at yig‘ilishini ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2022- yilda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilishda kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Matbuot xizmati