Joriy yilning 26- yanvar kuni tashkil etilgan seminarga “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Loyiha-texnik hujjatlarini ekspertiza qilish boshqarmasi boshligʻi Maksumov Doniyor Mixayminovich taklif etildi.
Tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Open Data Inventory (ODIN), Global Data Barometer (GDB) va boshqa ochiq maʼlumotlar sohasidagi xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash;
Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar ekotizimining hozirgi holati;
Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlarni yanada rivojlantirish istiqbollari va yoʻnalishlari;
Oʻzbekistonda “Ochiq maʼlumotlar siyosati” (Open Data Policy);
Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida sunʼiy intellekt asosida dasturiy taʼminotda foydalanish uchun raqamli maʼlumotlar platformasini yanada rivojlantirish [data.egov.uz];
Xalqaro transport forumi (Key Transport Statistics, International Transport Forum) va boshqa xalqaro tashkilotlar maʼlumotlar bazalarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha yetishmayotgan maʼlumotlarini toʻldirish;
“Ochiqlik indeksi”;
davlat organlari va tashkilotlari uchun oʻz rasmiy veb-saytida va Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portalida joylashtirilishi majburiy boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarning namunaviy shakllari;
ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni rasmiy veb-saytga va Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portalida joylashtirishda ularni pasportlash tizimini joriy etish boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Mazkur seminar Ochiq maʼlumotlar haftaligi “Open Data Week 2022” doirasida YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori koʻmagida tashkil etildi.