2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami 269,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilga nisbatan 100,9 % ni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 59,1 % yoki 159,6 trln. so‘m investitsiyalar jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 40,9 % yoki 110,3 trln. so‘m moliyalashtirildi.