2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 228,9 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 897,5 ming tonna – sut, 405,8 mln. dona – tuxum ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari boʻyicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Qashqadaryo viloyati boʻyicha jami ishlab chiqarilgan
– goʻshtning 10,6 % i – Qamashi tumani,
– sutning 11,5 % i Koson tumani,
– tuxumning 15,0 % i – Shahrisabz tumani hissasiga toʻgʻri keldi.