2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 12 204 ta bo‘lib, 2022- yilda ushbu sohada 2 631 ta korxonalar yangi tashkil etilgan va ularning 2 617 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan:
Toshkent shahrida – 1148 ta
Samarqand viloyatida – 211 ta
Farg‘ona viloyatida – 211 ta
Toshkent viloyatida – 158 ta