2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 6 553,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu xizmat turning jami hajmida Toshkent shahrining ulushi 61,3 % (4 018,6 mlrd. so‘m)ni tashkil etdi.
Nisbatan kam hajm Sirdaryo viloyatida – 41,6 mlrd. so‘m qayd etildi (jami ushbu xizmat turidagi ulushu 0,6 %ini tashkil etdi).
Hududlar kesimida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi, mlrd. so‘m:
O‘zbekiston Respublikasi – 6 553,6
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 104,9
Andijon - 123,9
Buxoro – 121,5
Jizzax - 102,8
Qashqadaryo - 189,0
Navoiy - 371,8
Namangan – 142,7
Samarqand - 297,9
Surxondaryo – 185,7
Sirdaryo – 41,6
Toshkent - 515,1
Farg‘ona – 189,3
Xorazm - 148,8
Toshkent shahri - 4 018,6