2022- yil yanvar-noyabr oylarida kompyuter dasturlashtirish bo‘yicha xizmatlarning yuqori o‘sishi Samarqand (53,2 %), Toshkent (39,1 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (42,5 %) kuzatildi.
Ushbu xizmatlar hajmining nisbatan yuqori bo‘lmagan o'sishi Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 5,1 %.
Hududlar kesimida kompyuter dasturlash xizmatlarining o‘sish sur’atlari, % da:
O‘zbekiston Respublikasi – 140,5
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 108,2
Andijon - 119,8
Buxoro – 106,5
Jizzax - 110,7
Qashqadaryo - 110,1
Navoiy - 110,7
Namangan – 113,3
Samarqand - 153,2
Surxondaryo – 105,6
Sirdaryo – 105,1
Toshkent - 139,1
Farg‘ona – 106,9
Xorazm - 123,9
Toshkent shahri - 142,5