19/12/2022

O‘zbekistonda 2022-yilning 1-dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 523 852 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 520 199 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahrida – 105 298 ta

Toshkent viloyatida – 48 915 ta

Samarqand viloyatida – 47 633 ta

Farg‘ona viloyatida – 45 921 ta

Andijon viloyatida – 39 002 ta

Qashqadaryo viloyatida – 35 935 ta

zavod1--kopiya

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlandi:

savdoda – 181 010 ta

sanoatda – 97 271 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 52 900 ta

qurilishda – 46 409 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 36 390 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech