2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida YAHM hajmi 36 006,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi. YAHMning tarmoqlar tarkibida o‘sish sur’atlari: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,6 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 40,1 %), sanoatda 104,5 % (17,0 %), qurilishda 101,8 % (6,9 %) va xizmatlar sohasida 105,8 % (36,0 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 2,3 % ga o‘sdi va 10 482,7 ming so‘mni tashkil etdi.