15/12/2022

Joriy yilning 15- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 7-9-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahriga qilingan xizmat safari natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.1-7b5a00342-7b5a0047

Mazkur taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig’i o‘rinbosari Yusupov Otajon xizmat safari davomida olgan ma’lumot va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

3-7b5a00274-7b5a0054

Tadbirda Otajon Yusupov xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan tavsiyalar, sohaga oid muammolar, kambag’allik va daromadlar tengsizligini o‘lchash usullari va ma’lumotlarni tahlil qilish kabi masalalar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tdi.

5-7b5a00496-7b5a0051

Taqdimot davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech