2022- yilning 1- dekabr holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani, shundan qoʻshma korxonalar 6 401 ta va xorijiy korxonalar 9 096 tani tashkil etgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning sohalar boʻyicha soni:
Savdo – 4 700 ta
Sanoat – 4 280 ta
Qurilish – 1 247 ta
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 763 ta
Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 635 ta
Axborot va aloqa – 718 ta
Tashish va saqlash – 446 ta
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish – 229 ta
Boshqalar – 2 479 ta