2022-yil 1-oktyabr holatiga Respublikada sigirlarning umumiy bosh soni 4 862,8 ming boshga yetdi.
Sigirlarning asosiy qismi 4 470,5 ming bosh yoki umumiy bosh sonining 91,9 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.
Sigirlarning umumiy sonidan eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (14,9 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Qashqadaryo (11,4 %), Buxoro (8,8 %) va Toshkent (8,6 %) viloyatlarida ham mavjud sigirlar sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.