2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 42,6 ming tonna mandarin import qilgan.
Mandarin importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,2 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston 10 oyda mandarin mahsulotini eng koʻp import qilgan davlatlar:
Pokiston – 35,9 ming tonna
Turkiya – 3,1 ming tonna
Xitoy – 1,9 ming tonna
Misr – 442,2 tonna
Eron – 425 tonna