Davlat statistika qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-419-son qarori ijrosi yuzasidan tuzilgan Demografiya va mehnat statistikasi boʻyicha idoralararo ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oila va xotin- qizlar davlat qoʻmitasi hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining masʼullaridan tuzilgan ishchi guruh aʼzolari ishtirok etdi.
Yigʻilishda qarorga muvofiq, 2023- yil 1- yanvardan bekor qilinadigan 1-msh shakli - “Mehnat sharoitlari ahvoli to‘gʻrisida hisobot” va 1-nh shakli – “Hisoblangan ish haqi miqdori bo 0‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘gʻrisida hisobot” statistika hisobotlari ma’lumotlarini idoraviy ma’lumotlar asosida shakllantirish hamda kelgusida 1-mehnat shakli “Mehnat hisoboti”, 4-mehnat shakli “Mehnat hisoboti”, 1-ih shakli “Xodimlarning lavozimlari va kasblari bo‘yicha ish haqi to‘gʻrisida aprel oyi hisoboti” va 1-oila shakli “Oilalar to‘gʻrisida hisobot” statistika hisobotlarini vazirlik va idoralarning ma’muriy ma’lumotlari asosida maqbullashtirish amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Matbuot xizmati