07/12/2022

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tashkilotlarning 2021-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari boʻyicha milliy reytingi ishlab chiqilgan edi. Mazkur reyting natijalariga koʻra, “Ijtimoiy fanlar” yoʻnalishi boʻyicha Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti birinchi oʻrinni egalladi.

1oekkoe

Innovatsion rivojlanish vazirligining 5-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali yigʻilishda oʻz sohalarida katta yutuqlarga erishgan oliy taʻlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlari hamda ilmiy tashkilotlarning ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosarlari ham taqdirlandi. Shuningdek, ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari boʻyicha milliy reytingiga koʻra, TOP-10 talikka kirgan tashkilotlarning ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosarlari taqdirlandi.

4koukur

Ilmiy-texnik kengashdagi faoliyati, davlat dasturlari doirasida oʻtkazilgan innovatsion hamda amaliy loyihalar ekspertizalaridagi faol ishtiroki va fidokorona mehnati uchun   Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Qahhorov Otabek Siddiqovichga tashakkurnoma berildi.

5ruknts4f

fkts-ueij43kuj-f

Tugmani bosing Tinglash GSpeech