2022- yilning yanvar-sentabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 28,2 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 2,8 % punktga kamaydi.
Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi mos ravishda 71,6 % (2,7 % punktga ko‘payish) hamda norasmiy sektorning ulushi 0,2 % ni tashkil etdi, (0,1 % punktga ko‘payish).