Joriy yilning 28- oktabr kuni, viloyat statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14- oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining mazmun-mohiyati hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.
Yig‘ilishni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i B.Maxmadaliyev ochib berdi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida olib borilayotgan ishlar hamda odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha batafsil so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng, viloyat statistika boshqarmasi Bosh yuriskonsulti M. Sharipov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Taʼkidlash joizki, jamiyat hayotida muammolarni hal etishda rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur o‘rganish, milliyligimiz va mentalitetimizga mos keladigan usullarni targ‘ib etish orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Korrupsiya – nafaqat inson huquqlari buzilishiga, balki xavfsizlikka tahdid soluvchi uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishiga ham sharoit yaratuvchi xavfli jinoyat sanalganligi uchun ham uni hozirda jamiyatimiz oldida turgan eng katta tahdid sifatida baholash mumkin.
2017- yil 3- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganidan so‘ng respublikada korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi davri boshlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tuzilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Matbuot xizmati