Ayni kunlarda Shvetsariyaning Jeneva shahrida Migratsiya statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda davlat va nodavlat tashkilotlar, jumladan statistika organlari vakillari, xalqaro ekspertlar, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi idoralari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mazkur yig‘ilishda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʼi Yuldoshev Zoyir Toshkanovich ishtirok etmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi - mamlakatlarning migratsiya statistikasi yuritish bo‘yicha tajribalari, xususan, maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanish boʼyicha innovatsion amaliyotlar, kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimini o‘rganishdan iborat.
Matbuot xizmati