2022- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 62,6 trln. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 32,9 % ini tashkil etdi.
Ta’kidlash joizki, 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 31,4 % ga ko‘paydi hamda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.