Jizzax politexnika institutidada “Statistika asoslari” boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi. Unda institutning Sanoat texnologiyalari fakulteti professor-oʻqituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, magistrant va talabalar ishtirok etdi.
Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2020- yil 3- avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Statistika asoslari” bo‘yicha turli o‘quv-kurslari tashkil etish vazifasi belgilangan edi.
Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori G’oyibnazarov Bahodir Karimovich oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari xodimlari uchun “Statistika asoslari” bo‘yicha keng tushuncha berib kelmoqda.
Jizzax politexnika institutida o‘tkazilgan uchrashuvda ham Bahodir G‘oyibnazarov tomonidan makroiqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tahlili, milliy statistikaning xalqaro statistikaga integratsiyasini amalga oshirish, statistik ma'lumotlarni shakllantirish borasida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti katta o‘qituvchi Umarov Faxriddin Umarovich o‘quv kursi ishtirokchilariga ma'ruza matnlari, taqdimot materiallari, ijtimoiy-iqtisodiy statistika bo‘yicha tayyorlangan tahliliy statistik ma'lumotlar haqida batafsil tushuncha berdi.
Matbuot xizmati