2022- yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 11 413 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur‘ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,7 foizni tashkil etdi. Shuningdek joriy yilda ushbu sohada 1 682 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 673 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan:
Toshkent shahrida – 726 ta
Samarqand viloyatida – 154 ta
Farg‘ona viloyatida – 115 ta
Toshkent viloyatida – 99 ta