2022-yilning yanvar-iyul oylari yakuniga ko‘ra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 54,0 % ni tashkil etdi. Havo transporti orqali ko‘rsatilgan yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarning ulushi 13,2 %. O‘z navbatida, transport xizmatlari umumiy hajmida temir yo‘l transporti orqali ko‘rsatilgan xizmatlar 11,9 % ga yetdi. Transport xizmatlarida quvur yo‘li orqali ko‘rsatilgan transport xizmatlarining hajmi 11,1 % ni tashkil etdi. Yordamchi transport faoliyati esa – 9,8 % ko‘rsatkich qayd etildi.