2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida YAHM hajmi 22 234,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 4,6 % ga o‘sdi. YAHMning tarmoqlar tarkibida o‘sish sur’atlari: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,5 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 35,9 %), sanoatda 105,6 % (18,8 %), qurilishda 106,8 % (7,0 %) va xizmatlar sohasida 104,2 % (38,3 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 2,4 % ga o‘sdi va 6 494,6 ming so‘mni tashkil etdi.