2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 17,0 foizni yoki 12034,7 milliard so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-iyuliga nisbatan o‘sish sur’ati 103,6 foizga yetdi. Shundan 8729,0 mlrd. so‘mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to‘g‘ri keladi, 2021- yilning yanvar-iyuliga nisbatan o‘sish sur’ati 104,3 foizni, jismoniy shaxslar tomonidan qurilishi 1629,5 milliard so‘mni, o‘sish sur’ati esa 91,2 foizni tashkil etdi. 1676,2 mlrd.so‘mlik ta’mirlash ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 113,8 foizni tashkil etdi.