2022- yilning yanvar-iyun oylarida jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarining ulushi – 57,3% ni tashkil etdi.Jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarining ulushi yuqori boʻlgan hududlarga Xorazm viloyati – 74,0 %, Navoiy viloyati – 73,5 %, Jizzax viloyati – 70,4 %, Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 66,4 %, Qashqadaryo viloyati – 65,8 % va Samarqand viloyati – 64,9 % ga toʻgʻri keldi.