O‘zbekiston Respublikasining 2022- yil 17-avgustdagi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi” O‘RQ-790-son Qonuni qabul qilingan.
Mazkur qonunning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 12- sentabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma rahbariyati, xodimlar hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, Boshqarma bosh yuriskonsulti M. Sharipov yuqorida qayt etilgan qonunning maqsadi va muayyan hududda odamlar qurbon bo‘lishiga, odamlarning sog‘lig‘iga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar deb yuritilishi bo‘yicha tushunchalar berildi.
Favqulodda vaziyatlarning xususiyati, turlari, asosiy prinsiplari bo‘yicha boshqarmaning mas’ul xodimi seminar ishtirokchilariga tushunchalar berib o‘tdi.
Seminarda xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.