12/09/2022

Joriy yilning 12- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

1-7j1a6783

Tadbirda yurtimizdagi turli vazirlik va idora vakillari, BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade hamda ekspertlar ishtirok etdi.

2-7j1a6656

Ushbu uchrashuvda multiindikator klaster kuzatuvlari natijalarida yigʻilgan dastlabki maʼlumotlar hamda kuzatuv natijalari boʻyicha hisobot tayyorlash jarayoni muhokama qilindi.

3-7j1a6611

Uchrashuvda dastlab Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Multiindikator klaster kuzatuvlarini xalqaro talab va tavsiyalar asosida sifatli o‘tkazilishi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

4-7j1a6661

Shuningdek, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ham mavzu yuzasidan so‘z yuritdi. U hamkorlikda amalga oshirilgan MICS kuzatuvi ishlarini yakuniy qismiga yetib kelingani munosabati bilan Davlat statistika qo‘mitasi mas'ullariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

5-7j1a6637

Ta‘kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2022- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdir.

6-7j1a6682

To‘plangan ma'lumotlar va ko'rsatkichlar O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo'lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo'ladi va xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni rivojlanish va xizmat ko’rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir.

7-7j1a6674

Aytish lozimki, mamlakatimizning barcha hududlaridan tasodifiy tanlab olingan 559 ta mahallada joylashgan 15 mingdan ortiq uy xoʻjaliklarida Multiindikator klaster kuzatuvlari oʻtkazildi.

oblozhka

Bugungi kunda planshetlar yordamida oʻtkazilgan kuzatuv natijalarini jamlash ishlari yakunlandi.

Uchrashuvda shuningdek, UNICEF bilan hamkorlik doirasidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech