2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida bino va inshootlar qurilishi yetakchilik qilmoqda. Mazkur faoliyat turida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 47,9 trln.so‘mni tashkil etgan holda, 67,7 % ulushni tashkil etdi.
Shuningdek fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha 15,3 trln.so‘m yoki 21,6 % va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bo‘yicha 7,5 trln.so‘m va 10,7 % ishlar bajarildi.