2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 7373,3 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning 65,1 % jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 34,9 % investitsiyalar moliyalashtirildi.