2022- yilning yanvar-iyul oylarida avtomobil transporti xizmatlari bo‘yicha Qashqadaryo (9,7 %), Surxondaryo (8,7 %), Navoiy (8,5 %), Andijon (8,3 %) va Namangan (8,3 %) viloyatlarida, shuningdek Toshkent shahrida (8,1 %) yuqori o‘sish kuzatildi. Ushbu sohadagi xizmatlar hajmining nisbatan pastroq o‘sish sur'ati Farg‘ona viloyatlarida (103,4 %) qayd etildi.
Hududlar bo'yicha avtomobil xizmatlarining o'sish sur’atlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 103,9 %
Andijon – 108,3 %
Buxoro – 104,6 %
Jizzax – 105,9 %
Qashqadaryo – 109,7 %
Navoiy – 108,5 %
Namangan – 108,3 %
Samarqand – 107,8 %
Surxondaryo – 108,7 %
Sirdaryo – 105,8 %
Toshkent – 105,9 %
Farg‘ona – 103,4 %
Xorazm – 107,7 %
Toshkent shahri – 108,1 %.