2022- yilning yanvar–iyun oylari yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 41,8 % ni tashkil qildi.
- to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish 14,3 %,
- oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 13,1 %,
- kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish – 7,7 %,
- rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 6,6 %,
- avtotransport vositalari, treylerlar, yarim tirkamalar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish – 5,7 %,
- koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish – 2,2 %,
- yog‘och va qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarish, yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish – 1,8 %
- ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish – 6,8 %.