Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekistonda 2022-yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 501 768 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 498 214 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Toshkent shahrida – 101 097 ta
- Toshkent viloyatida – 46 886 ta
- Samarqand viloyatida – 45 480 ta
- Farg‘ona viloyatida – 43 494 ta
- Andijon viloyatida – 37 893 ta
- Qashqadaryo viloyatida – 34 813 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlandi:
- savdoda – 172 150 ta
- sanoatda – 94 008 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 50 400 ta
- qurilishda – 45 270 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 34 857 ta