2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 11 252 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur‘ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 foizni tashkil etdi. Shuningdek joriy yilning yetti oyida ushbu sohada 1 522 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 514 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan:Toshkent shahrida – 652 taSamarqand viloyatida – 141 taFarg‘ona viloyatida – 109 taToshkent viloyatida – 86 ta.