Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 546 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 267 ta va xorijiy korxonalar 8 279 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
Savdoda – 4 290 ta
Sanoatda – 4 190 ta
Qurilishda – 1 181 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 737 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 600 ta
Axborot va aloqada – 550 ta
Tashish va saqlashda – 403 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda – 221 ta
Boshqalarda – 2 374 ta