2022- yilning 8–12- avgust kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Birlashgan Vena instituti tomonidan “Institutsional sektorlar hisoblari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda Armaniston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Moldova, Kosova, Litva, Ruminiya, Ukraina va O‘zbekiston statistika idoralari vakillari ishtirok etdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Mahbuba Ganiyeva ham qatnashdi.
Seminarning asosiy maqsadi – ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, institutsional sektorlar hisoblari boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar hisoblarni shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma‘lumot manbalarini takomillashtirish usullari borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.
Matbuot xizmati