2022- yil 5- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari xodimlari uchun vebinar tashkil etildi.
Ushbu tadbirda hududiy statistika organlari boshqarma boshliqlari, axborot xizmati, buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi hamda dasturiy-texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi vakillaridan iborat mas’ullar ishtirok etdi.
Tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-son va 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-154-son Farmonlari
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2022-yil 5-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan statistik ma’lumotlarni to‘g‘ri yuritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborotini eshitish to‘g‘risida”gi 47-son qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yilning 7-mayida 3299-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning mazmun-mohiyati