2022- yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 54,1 trln. soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 42,7 % ni tashkil qildi.
Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 5 075,3 ming tonna – don va dukkakli don ekinlari, 3 226,7 ming tonna – sabzavot, 1 617,0 ming tonna – kartoshka, 229,8 ming tonna – poliz, 971,9 ming tonna – meva
va rezavorlar hamda 48,1 ming tonna – uzum yetishtirildi.