Davlat statistika qoʻmitasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi masʼul xodimi J. Abdurayimov hamda roʻyxatga olish bo‘limlari tomonidan barcha hududlarda uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun jalb qilinadigan (registratorlar)ga seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlikning eng asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu vazifaning toʻliq va sifatli bajarilishi, oʻz navbatida, roʻyxatga olish ishlarining samarali boʻlishiga zamin yaratadi. Oʻquv-seminar davomida uy-joy roʻyxatini tuzuvchilarni ish jarayoniga puxta tayyorgarlik koʻrishlarida roʻyxatga olish boʻlimlarining masʼuliyati va vazifalari alohida taʼkidlandi.