2022-yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 72,6 trln. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 102,0 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 57,3 % ni tashkil qildi.
Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 221,6 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 5 141,7 ming tonna – sut, 3 418,9 mln. dona – tuxum, 24,2 ming tonna – pilla xom-ashyosi yetishtirildi.