2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 1,5 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 61,6 % ni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,2 % punktga kamayib, 3,0 % ni tashkil etdi.