Joriy yilning 27- iyul kuni Shahrisabz shahar Ro‘yxatga olish bo‘limi xodimlari hamda Ziyokor mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamkorligida mahallaning yangilangan xaritasida ko‘rsatilgan uy xo‘jaliklarining raqamlari mavjudligi ko‘rib chiqildi.
Mazkur jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.
Raqamlanmagan uy sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.