22/07/2022

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 869 kilometrni, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 42 299 kilometr (jamiga nisbatan 98,7 %) tashkil etmoqda.

Hududlar kesimida umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarining eng katta qismi Navoiy (4 666,5 kilometr yoki jamiga nisbatan 10,5 %), Toshkent (4 422,3 kilometr yoki 9,9 %), Fargʻona (4 160,8 kilometr yoki 9,4 %) viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi (4 262,1 kilometr yoki 9,6 %)ga toʻgʻri keladi.

Maʼlumot uchun: Tojikistonda umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarining uzunligi 27,0 ming km, Belarus Respublikasida 86,6 ming km, Qozogʻistonda 95,4 ming km.ni tashkil etadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech