2022- yilning 1- iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 497 293 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 90 752 tani tashkil qildi (ulushi 18,2 %).
Xususiy korxonalar sonining eng yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 12 064 ta
Farg‘ona viloyati – 11 422 ta
Qashqadaryo viloyati – 10 335 ta
Samarqand viloyati – 8 082 ta
Surxondaryo viloyati – 7 265 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
savdoda – 37 296 ta
sanoatda – 15 702 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 802 ta
qurilishda – 6 926 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 134 ta