Xabaringiz bor, (https://t.me/meningkonstitutsiyam/302) joriy yilning 25- iyundan 5- iyulga qadar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamasi o‘tkazilmoqda.
Shu boisdan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy komissiyasi raisi Akmal Saidov, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov va viloyat hokimi Murotjon Azimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari, hokimlik va tashkilotlar hamda viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan viloyat rahbari ochib berdi va konstitusiyaviy islohotlarning ahamiyati haqida aytib o‘tdi. Shuningdek, konstitusiyaviy komissiya raisi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi haqida atroflicha ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va takliflari yozib olindi.