2021- yil yakunlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar importi 294 888,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2020- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 23,1 % ga o‘sgan. Kuzatilayotgan davrda tovarlar va xizmatlar importining YaIM tarkibidagi ulushi 40,1 % ga yetgan hamda 2018- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 4,5 foiz punktga kamayganligi kuzatildi.