23/06/2022

Joriy yilning 23- iyun kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “Konstitutsiya davlatimizning poydevori” shiori ostida tadbir tashkil qilindi.

Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Bosh yuriskonsult hamda tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Bosh yuriskonsult M. Sharipov so‘zga chiqib, mamlakatimizda shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati haqida gapirib, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda Bosh Qomusimizning asosiy hujjat sifatida davr ruhiga mos takomillashuvi muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda har bir yurtdoshimizning o‘z o‘rni va yuksak mas’uliyati borligi, bu jarayonda o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishlari muhimligi, shuningdek, insonning ekologik huquqlarini, jumladan, yurtimiz aholisining va bo‘lajak avlodlarning qulay va toza atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini mamlakat Bosh qonunida aks ettirishning dolzarb jihatlari va hayotiy ahamiyati yuzasidan ham fikrlar bildirildi.

 

Davra suhbatida xodimlar ham o‘z takliflari bilan faol ishtirok etdilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech